add

VAQT.UZ TAHRIRIYAT KODEKSI

Mazkur kodeks «INFOLAB» MCHJ muassisligi ostidagi VAQT.UZ sayti tahririyatining falsafasi, missiyasi, qoidalari, jurnalistik standartlari va ish etikasini belgilaydi. Kodeks tahririyat xodimlari, hamkorlar va keng jamoatchilik uchun ochiq hujjat hisoblanadi.

VAQT.UZ TAHRIRIYAT KODEKSI
  • 1. MISSIYA VA MAQSADLAR

VAQT.UZ — mustaqil iqtisodiy, biznes va moliyaviy axborot sayti. Bizning missiyamiz — O‘zbekistonda shaxsiy va iqtisodiy erkinliklarni mustahkamlash, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati rivojiga hissa qo‘shish.

Maqsadimiz — siyosat, biznes, texnologiya, sog‘liqni saqlash va sport sohalaridagi muhim voqealarni xolis, tekshirilgan va o‘z vaqtida yoritish. Shu bilan birga, tahlilchilar va mutaxassislar fikriga ham maydon beramiz.

VAQT.UZ biror bir siyosiy kuch yoki tijoriy guruh ta’siridan xoli bo‘lgan mediabiznes loyihasi hisoblanadi. Mavzu tanlovidagi asosiy mezon — uning jamoatchilik, jumladan obunachilar uchun ahamiyatli bo‘lishi.

VAQT.UZ mulkdorlari, shuningdek, «INFOLAB» MCHJ menejmenti va affilangan kompaniyalar tahririyat siyosatiga aralashmaydi. VAQT.UZ mantazam ravishda siyosachilar, oligarxlar va tizimli korrupsiya trendlariga qarshi surishtiruvlar o‘tkazib turadi. Tahririyat uchun tanqiddan tashqaridagi shaxslar, partiyalar, kompaniyalar va davlat organlari yo‘q.

Yuqorida ko‘rsatilgan missiya va qadriyatlar VAQT.UZ jurnalistlari va muharrirlari uchun faollik va jurnalistika o‘rtasida chegara yo‘qligini anglatmaydi. Biz sodir bo‘layotgan voqealarning barcha ishtirokchilariga nisbatan tanqidiy ko‘z bilan qaraymiz. Tahririyat xodimlari o‘zlarining shaxsiy fikrlarini FIKRLAR bo‘limidagi mualliflik kolonkalarida, shunindek, BLOGLAR va EKSPERTLAR rauknlarida e’lon qilishlari mumkin.

VAQT.UZ axborot to‘plash va tarqatishda mavjud qonunchilik normalari va odob-axloq me’yorlariga rioya qiladi.

Shuningdek, tahririyat davlat tilining rivojiga hissa qo‘shish va uni targ‘ib qilishni ham asosiy maqsadlaridan biri qilib belgilagan.

 

2. JURNALISTIK STANDARTLAR

2.1. Ishonchlilik

VAQT.UZ jurnalistlari va muharrirlari faqat tekshirilgan faktlarni e’lon qilish uchun maksimal harakat qilishadi.

Biz tomonimizdan e’lon qilingan barcha faktlar va baho beruvchi fikrlar aniq ko‘rsatilgan manbaga ega. Biz tahririyat xodimlari ishonchli ekaniga shaxsan ishonch hosil qilgan o‘z axborotlarimizni tarqatishga ustunlik beramiz.

Biz giperlink orqali o‘zimiz ishonchli axborot tarqatish bilan nufuzga ega bo‘lgan boshqa medialarning ma’lumotlaridan ham foydalanamiz.

Biz davlat organlari, siyosiy partiyalar, kompaniya va banklarning press-relizlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanmiz, ularni yordamchi tarzda tekshirib ko‘ramiz, muqobil manbalardan ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz, chunki press-relizning o‘zi hech qachon yangilik bo‘la olmasligini bilamiz.

Biz ijtimoiy tarmoqlardan olingan axborotlarni akkauntlarning haqiqiy ekanligi, post mualliflarining ko‘zlagan manfaati va ehtimolli manfaatlar to‘qnashuvi, e’lon qilinayotgan hujjatlar, foto va videolarning ishonchliliga ko‘ra qayta tekshirib ko‘ramiz.

Ijtimoiy tadqiqotlar va so‘roqnomalarning natijalari quyidagi detallar ko‘rsatilgan holda e’lon qilinadi: tadqiqotni o‘tkazgan sotsilogik xizmatning nomi, tadqiqot buyurtmachisi, tadqiqotni o‘tkazish muddati, geografiyasi va uslubi, so‘ralgan insonlar soni va tarkibi, respodentlar javob bergan savolning qurilmasi, barcha javob variantlari, statistik xatolik kattaligi, zaruriyat bo‘lsa, so‘ralganlarning fikriga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan kontekst.

Biz doimo muayyan maqoladagi faktlarning ishonchliliga mas’ul bo‘lgan muallif va/yoki muharrirni ko‘rasatamiz. VAQT.UZʼda anonim maqolalar e’lon qilinmaydi.

Har qanday holatda biz axborotning eng birinchi manbadan olib uzatishga harakat qilamiz.

2.2. Tezkorlik

VAQT.UZ ishonchlilik va aniqlikka putur yetkazmasdan yangiliklarni imkon qadar tezroq e’lon qilishga harakat qiladi. O‘ta zarur hollarda jamoatchilikning katta qiziqishini keltirib chiqargan yangiliklar «faqat fakt» formatida e’lon qilinadi va so‘ng tafsilotlar, kontekst va bekgrund bilan to‘ldirib boriladi.

2.3. Aniqlik

VAQT.UZ sitatlar, nomlar, atoqli otlar, «eng birinchi», «eng yaxshi», «eng katta» singari miqdoriy ko‘rsatkichlarning aniqligiga alohida e’tibor beradi. Biz kontekstdan faktlar, baholashlar va sitatalarni yulib olmaymiz, ularni aslida qanday e’lon qilingan bo‘lsa, aynan shunday beramiz.

2.4. Xolislik va muvozanatlilik

VAQT.UZ turli nuqtayi nazarlarni aks ettirish, o‘tkir mavzulardan qochmaslik, faktlar bo‘yicha sukut saqlamaslik va ularni manipulyatsiya qilmaslik; turli qutbdagi fikrlar va baholashlarni ularning siyosiy, koporativ va fuqarolik mansubligidan qat’iy nazar e’lon qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Turli nuqtayi nazarlar va mojaroli mavzular bitta maqola doirasida keltiriladi. Agar tomonlardan birining pozitsiyasi tezkorlik bilan e’lon qilinmagan bo‘lsa, uning munosabati albatta keyinroq tahririyat o‘sha payt zarur deb bilgan formatda beriladi. Agar tomonlardan biri izoh berishni istamasa, biz bu rad etishni qayd etamiz va o‘quvchilarga bu haqda xabar qilamiz.

Biz muvozanatlilik niqobi ostida O‘zbekistonning mustaqilligi va suvereniteti, fuqarolarning huquq va erkinliklarini shubha ostiga qo‘yadigan, zo‘ravonlik va diskriminatsiyaning har qanday ko‘rinishi ilgari suradigan g‘oyalarni tarqatmaymiz. Ikki tomon pozitsiyasini yoritishdagi muvozanatlilik va teng huquq agressor va agressiya qurboni, terrorchi va politsiyasi uchun teng huquqni bildirmaydi.

Vaziyatlar, hodisalar va faktlarni tahlil qilish uchun VAQT.UZ mediadagi chiqishlari bilan xolisligi va nufuzi tasdiqlangan ekspertlarni jalb qiladi. Agar ekspert qandaydir yo‘l bilan maqola predmetiga aloqador bo‘lsa, tahririyat bunday potensial manfaatlar to‘qnashuvi borasida o‘quvchilarni ogohlantiradi.

Biror bir siyosiy kuchlar va tijoriy tuzilmagan o‘z pozitsiyasini yoritishda imtiyozga ega bo‘lolmaydi. Bu prinsip shu jumladan obunachilar, reklama beruvchilar, investorlar va VAQT.UZ mulkdorlariga ham taalluqli.

2.5. To‘liqlik

Biz o‘zimiz e’lon qilayotgan axborotni to‘liq uzatishga, qachon, qayerda va qanday voqea ro‘y bergani, bu nimani bildirishi borasidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz. Hattoki VAQT.UZʼdan qisqa va qaynoq yangiliklarda ham siz eng kamida bekgraund, kontekst va mavzuga aloqdor maqolalarga havola topasiz.

2.6. Faktlarni sharhlardan farqlash

Biz faktlarni sharhlardan, jurnalistlarning sharhlarini ekspertlarning sharhlaridan ajratamiz. Yangiliklarda tahririyat va jurnalistlarning baholovchi fikrlariga yo‘l qo‘ymaymiz.

Biz o‘z maqolalarimizga auditoriyaning diqqat-e’tiborini jal qilishga intilamiz, shu sababli sarlavhalarda majoziy o‘xshatish va so‘z o‘yinlaridan foydalanamiz. Biroq, har qanday holatda VAQT.UZ manipulyativ va baholovchi sarlavhalardan foydalanmaydi.

2.7. Manbalar bilan ishlash, anonim manbalar

Barcha faktlar va baholovchi xulosalar VAQT.UZʼda manbasi (qoida tariqasida ilk manbasi) ko‘rsatilgan holda beriladi.

Biz quyidagi shartlarga rioya qilinganda anonim manbalarning axborotlaridan foydalanishimiz mumkin: gap jamoat uchun muhim faktlar haqida borganda, manbani oshkor qilish uning hayoti, salomatligi yoki kasbiy faoliyatiga tahdid qilganda; suhbatdoshning ishonchliligi va malakasi VAQT.UZ jurnalistlari bilan hamkorlik qilganlik tarixi bilan tasdiqlangan bo‘lsa.

Biz har qanday holatda manbaning anonimligini himoya qilish majburiyatini zimmamizga olamiz.

Biz agar u yolg‘iz o‘zi bo‘lsa anonim manbaga tayanmaymiz va doim bunday axborotni boshqa, mustaqil manbalar orqali tekshirib ko‘ramiz.

Qimmatli manba statusi unga VAQT.UZʼning har qanday maqolasida biror imtiyoz bermaydi.  

2.8. Intervyu va sitatalarni kelishish

Biz mualliflik huquqi to‘g‘risidagi O‘zbekiston qonunchiligi talablarini bajaramiz. Agar intervyu yoki maqola uchun sharh bergan shaxs matnni kelishishni so‘ragan bo‘lsa, tahririyat bunday imkoniyatni taqdim etadi. Biroq, VAQT.UZʼda kelishishning ma’lum bir shartlari bor.

Tahririyat aytilgan gap mazmunini juz’iy tarzda o‘zgartiradigan, matnning katta qismi o‘chirilgan yoki ma’nosi o‘zgartirishlarni o‘zgartirishlarni qabul qilmaydi. Biz intervyuni senzura qilishga yo‘l qo‘ymaymiz. Agar intervyu (sitata)ni kelishish rad etilgan bo‘lsa VAQT.UZ NV axborot manbasiga havola qilib intervyu yoki sharhni qayta hikoya qilib berish huquqni o‘zida qoldiradi. Biz shuningdek, garchi kelishilmagan bo‘lsa ham intervyuni e’lon qilish huquqini o‘zimizda qoldiramiz. Ikkinchi masalada VAQT.UZ xalqaro jurnalistika standartlari va o‘quvchilarning jamiyat uchun muhim axborotni bilish huquqlariga tayanadi.

 

3. XATOLARNI TO‘G‘RILASH, RADDIYA HUQUQI VA JAVOB YOZISH HUQUQI

3.1. Xatolar

VAQT.UZ o‘z auditoriyasiga imkon qadar tezroq ishonchli faktlar haqida xabar qilishga intiladi. Xatolar aniqlanganda u material muallifi yoki muharrir tomonidan imkon qadar qisqa muddatda to‘g‘rilanadi.

Agar faktologik xatolar, aniqlikka oid yoki axborotni to‘liqligiga doir xatolar tuzatiladigan bo‘lsa, har qanday janr yoki formatdagi materialning ostsarlavhasida «To‘g‘rilangan», «Aniqlashtirilgan», «To‘ldirilgan» qabilida izoh qo‘shib qo‘yiladi.

Xatolarimiz haqida tahririyat kontaktlari orqali yoki maqolada ko‘rsatilgan muallif va/yoki muharrirga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilib o‘quvchilar ham ma’lum qilishlari mumkin.

3.2. Materiallarni o‘chirish

Alohida vaziyatlarda, maqolalarda ko‘p miqdorda xatolar aniqlangan bo‘lsa yoki yuqorida zikr etilgan axborot bilan ishlash standartlari buzilgan bo‘lsa, VAQT.UZ o‘chirish fakti va sabablarini ko‘rsatgan holda maqolani o‘chirishi mumkin. VAQT.UZ bunday xatoliklar/qoidabuzarliklarga yo‘la qo‘ymaslik uchun maksimal harakat qiladi.

VAQT.UZ kimgadir yoqmagan materialni o‘chirmaydi.

3.3. Raddiya berish huquqi

VAQT.UZ maqolalarida tilgan olingan har qanday shaxs, voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari, shuningdek yuridik shaxslarning vakolatli xodimlari agar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblasa raddiya talab etib tahririyatga murojaat qilishlari mumkin.

Raddiya talabi elektron pochta orqali yoki qog‘oz ko‘rinishida tahririyatga yetkazilishi lozim. Bunday xatda aynan qaysi maqola haqida so‘z borayotgani, aynan qaysi faktlarni muallif ishonchsiz deb ekani va aslida holat qanday ekanligini ko‘rsatib o‘tishi kerak. Yozma ko‘rinishdagi xatda e’tiroz bilan murojaat qilayotgan shaxsning vakolatlari tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Agar talabnoma elektron pochta orqali jo‘natilgan bo‘lsa, e’tiroz muallifining vakolatlari elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

VAQT.UZ muharrir va jurnalistlarga telefon qo‘ng‘irog‘i yoki messenjerlar orqali yozishmalar asosida raddiya e’lon qilmaydi.

Raddiya e’lon qilish, uning formati, matni va sarlavhasi to‘g‘risidagi qaror tahririyat tomonidan raddiya uchun asos baholangach va tegishli talabnomani jo‘natgan tomon bilan muzokaralardan so‘ng qabul qilinadi. VAQT.UZ e’tiroz mualliflari tomonidan ilgari surilgan faktlar va xulosalarni qayta tekshirish va raddiyani e’lon qilishni dalillab rad etish huquqiga ega.

VAQT.UZ quyidagi holatlar kuzatilgan raddiyani e’lon qilmaydi:

· Ishonsiz ma’lumot bo‘lsa;

· Kuchga kirgan sud qarorlari yoki hukmlariga ziddiyatlar;

· Hokimiyatni egallash va konstitutsion tuzumni kuch bilan almashtirishga chaqiriq;

· O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitliliga daxl qilish;

· Millatlararo, dinlarqaro va irqlararo adovat qo‘zg‘ash;

· Zo‘ravonlik va shafqatsizlik propagandasi;

· Pornografik materiallar;

· Agressor davlat propagandasi;

· Totalitar rejimlar va agressiv urush propagandasi;

· Shaxsiy xayotga aralashuv sanaluvchi axborotlar (qonunda ko‘zlangan holatlar mustasno);

· Voyaga yetmagan huquqbuzarning shaxsini uning qonuniy vakillari ruxsatisiz oshkor qilishga qaratilgan axborot.

3.4. Javob yozish huquqi

Agar VAQT.UZʼda e’lon qilingan axborot ishonchli bo‘lsa, biroq jismoniy yoki yuridik shaxsning obro‘sini shubha ostiga qo‘ysa, tahririyat javob yozish huquqini taqdim etishi mumkin.

Javob formati (yangilik, intervyu, ustun) to‘g‘risidagi qaror tahririyat tomonidan qabul qilinadi. Bunday maqolani matni tahririyat maqolasini rad etmaydi, biroq vaziyat auditoriya tomonidan baholanishi uchun yangi faktlar, fikrlar va kontekstga ega bo‘lishi mumkin. Tahririyat e’tiroz muallifini uning javobini e’lon qilish sanasi va formati to‘g‘risida ogohlantiradi.

 

4. MUALLIFLIK HUQUQI

VAQT.UZ boshqa mualliflarning maqolalari, video va fotosuratlaridan O‘zbekiston qonunchiligi normalariga, shuningdek maqolalarning birinchi manbasi va/yoki mualliflari talablariga qat’iy amal qilgan holda foydalanadi. Birinchi manba va muallif ismi albatta ko‘rsatilgan holda mualliflarning roziligisiz maqolalar va fotosuratlardan foydalanishga quyidagi shartlarga rioya qilingan holda ruxsat etiladi:

· Agar maqola konteksti bilan avvaldan aniqlik kiritilgan bo‘lsa, oldga qo‘yilgan maqsadni muvofiq sitatalar (qisqa parchalar), shu jumladan matbuot sharhi shaklida boshqa medialardan iqtibos keltirish;

· Axborot maqsadi bilan asoslangan hajmda ommaviy voqealar chog‘ida tushirilgan foto va videolar;

· Birinchi manba o‘z materiallaridan foydalanish uchun o‘rnatgan qoidalarga to‘liq rioya qilgan holda boshqa OAVlarning materiallaridan iqtibos keltirish yoki qayta e’lon qilish.

 

5. AXBOROT BILAN ISHLASHDA ETIK STANDARTLAR

5.1. Shaxsiy hayotni yoritish

Biz shaxsiy hayotga bo‘lgan huquq, sha’n va qadr-qiimat bo‘lgan huquqni hurmat qilamiz. Biroq, VAQT.UZ jamiyat uchun muhim funksiyalarni bajarayotgan va jamiyat hayotining turli jabhalarida katta ta’sirga ega shaxslar borasida jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazish va ma’lumotlar to‘plash huquqiga ega. Maqolalarda bunday shaxslar haqida to‘plangan axborotlarning jamiyat uchun muhimligi shaxsiy hayotga bo‘lgan huquqqa taqqoslanganda ustunroq ahamiyatga ega.

5.2. Voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish

VAQT.UZ bolalar ishtirok etgan voqealar to‘g‘risidagi materiallarni ehtiyotkorlik bilan e’lon qiladi.

Biz noqonuniy xatti-harakatlarga daxldor yo aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan, yoki zo‘ravonlik bilan bog‘liq voqealar ishtirokchisi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ismlarini oshkor etmaymiz.

Bolalar bilan bog‘liq maqola va xabarlarda tezkorlik evaziga ishonchlilik, aniqlik va axborotning tugalligini qurbon qilmaymiz.

5.3. Shokka soluvchi detallar bo‘lgan axborot

Biz fojiali voqealar detallari, vafot etganlar, tana qismlari va biologik tarkibiy qismlar tasvirlari mavjud bo‘lgan materiallarni voyaga yetmaganlardan to‘sishga harakat qilamiz.

Biz bunday detallarga ega materiallarni e’lon qilishdan qochishga harakat qilamiz. Agar jamiyat uchun muhimligi nuqtayi nazaridan bunday materiallar e’lon qilingan taqdirda ham, material avvalida 18+ majburiy markirovka va boshqa ogohlantirishlar qo‘yiladi (masalan: videoda insonlar o‘limi tasvirlangan, kabi)

VAQT.UZ o‘z joniga suiqasd haqidagi materillar, voqealarning tafsilotlari va tasvirlarini e’lon qilmaydi.

5.4. Aybsizlik prezumpsiyasi

VAQT.UZ aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qiladi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar ularning aybi qonun bilan belgilangan tartibda sud hukmi bilan isbotlanmaguncha, aybdor deb atalmaydi. Sud qarori kuchga kirmaguncha, biz bunday shaxslarni «jinoyatchi» deb atashdan tiyilamiz.

Biz jinoyat ochilgani haqida xabar beruvchi huquq-tartibot organlarining press-relizlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanmiz, ularni fakt sifatida emas, IIO, prokuratura, DXX pozitsiyasi yoki fikri sifatida taqdim etamiz.

5.5. Manfaatlar to‘qnashuchi to‘g‘risida bildirish

VAQT.UZ jurnalistlari va muharrirlari o‘z xolisligiga shubha tug‘diradigan har qanday aloqalardan voz kechishga intilandilar; ular siyosiy tadbirlarda ishtirok etmaydilar va o‘zlarining OAV xodimi maqomidan shaxsiy maqsadlarda foydalanmaydilar. Muharrirlar jurnalistlarni tashqi bosimlar va kasbiy vazifalarni bajarishga aralashish urinishlaridan himoya qiladilar.

VAQT.UZ tahririyatida axborot manbasi yoki maqola figuranti bo‘lgan shaxslar, kompaniyalar va muassasalardan qiymati 50 AQSH dollari ekvivalentidan oshadigan sovg‘alarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Agar jurnalist tayyorlanayotgan material bilan bog‘liq ravishda manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lsa, u bu haqda o‘z muharririga albatta xabar berishi shart. Zarur hollarda bu ma’lumot tahririy materialning o‘zida ham ochiq bayon qilinadi.

VAQT.UZ jurnalistlari tashkilotchilar tomonidan xarajatlari qoplangan press-turlarda ishtirok etishi mumkin, biroq bunday safarlar natijasida maqola tayyorlash yoki e’lon qilish bo‘yicha hech qanday majburiyat qabul qilinmaydi. Ushbu safar natijalari bo‘yicha qanday material chop etilishi yoki umuman chop etilish-etilmasligi haqida qarorni tahririyat qabul qiladi.

Agar materialda «INFOLAB» MCHJning investori yoki benefitsiar mulkdori tilga olinsa, bunday hollarda tegishli diskleymer berilishi shart.

 

6. DISKRIMINASIYANING HAR QANDAY SHAKLINI RAD ETISH

Har qanday shakldagi diskriminatsiya (kamsitish)ni rad etish — VAQT.UZ tahririyati va uning muassisi («INFOLAB» MCHJ) uchun nafaqat material tayyorlash va e’lon qilish jarayonida, balki tahririyatning ichki ish amaliyotida ham qat’iy amal qilinadigan asosiy standartlardan biridir.

6.1. Kontent ishlab chiqarishda aksildiskriminatsion siyosat

Turli-tumanlikni hurmat qilish va turli nuqtayi nazarlarga barobar munosabat bildirish — VAQT.UZ tahririyati faoliyatidagi muhim standartlardan biridir.

Tahririyat turli etnik guruhlar, irqlar, avlodlar, jinslar, diniy e’tiqod va ijtimoiy maqom vakillariga o‘z fikrini bildirish uchun teng imkoniyat yaratadi.

Quyidagi holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz:

· Shaxs yoki guruhga nisbatan jinsi, irqi, millati, dini, geografik kelib chiqishi yoki boshqa belgilari asosida kamsituvchi bayonotlar berish;

· Mazkur belgilar asosida adovat, nafrat, dushmanlik kayfiyatini qo‘zg‘atishga qaratilgan materiallarni e’lon qilish;

· Jinsi, irqi, millati, dini, hududiy kelib chiqishi kabi omillarga ko‘ra odamlar guruhiga nisbatan salbiy obrazlar yaratish va gender stereotiplarini tarqatish;

· Shaxslarning jinsiy, jismoniy xususiyatlari, oilaviy yoki fuqarolik maqomiga noto‘g‘ri, noo‘rin va mantiqsiz ahamiyat berish.

6.2. Tahririyatdagi gender va aksildiskriminatsion siyosat

Biz har qanday shakldagi jinsiy tazyiqqa, shuningdek, ayollar yoki erkaklarga nisbatan bildirilgan seksistik bayonotlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb bilamiz.

Ish joyida kamsitishga asoslangan amaliyotlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Tahririyat barcha xodimlar uchun — jinsidan qat’i nazar — teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlaydi.

Ayollar va erkaklar ishni oilaviy majburiyatlari bilan birgalikda muvofiqlashtira olishlari uchun tahririyatda moslashuvchan ish jadvali joriy qilingan.

VAQT.UZ tahririyatida bir xil mehnat uchun bir xil maosh to‘lanadi. Hech bir xodim etnik, diniy, gender yoki boshqa asoslar bo‘yicha kamsitilmaydi.

Tahririyat barcha xodimlarni aksildiskriminatsiya va gender siyosatlariga rioya etish bo‘yicha mas’ul deb biladi.

 

7. IJTIMOIY TARMOQLARDAGI XULQ-ATVOR

Yuqorida bayon etilgan jurnalistik va axloqiy standartlar VAQT.UZ’ning barcha rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ham to‘liq tatbiq etiladi. Ushbu platformalardagi xabarlar va bildirishnomalar tahririyat uchun saytdagi yangiliklar kabi javobgarlikka ega va shu darajada ahamiyatli hisoblanadi.

VAQT.UZ tahririyati rahbariyati shtatdagi jurnalist va xodimlarga o‘z shaxsiy ijtimoiy tarmoq sahifalarini qanday yuritish kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma bermaydi. Biroq, ularga muhokamalarda muvozanatli, hujjatlarga asoslangan uslubga rioya qilish, shuningdek tahririyatning mustaqilligi va xolisligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan har qanday chiqishlardan tiyilish tavsiya etiladi.

 

8. AUDITORIYA BILAN HAMKORLIK SIYOSATI

VAQT.UZ tahririyati o‘quvchi fikri va mulohazalarini inobatga olish uchun kommunikatsiya kanallaridan foydalanadi.

Har bir mualliflik maqolasida muallif familiyasi giperhavola orqali berilgan bo‘lib, u orqali jurnalist yoki muharrirning boshqa materiallari bilan tanishish, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga o‘tish va to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar yuborish mumkin.

VAQT.UZ tahririyati rahbariyat va xodimlarning kontakt ma’lumotlari saytda ochiq taqdim etilgan.

O‘quvchilardan ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirish, shikoyat yoki takliflar yuborish, yangilik mavzulari bo‘yicha takliflar berish, axborot manbalari bilan yordamlashish, ekspertlik fikri bilan qatnashish va saytdagi so‘rovnomalarda hamda Facebook, Instagram, YouTube va Telegramdagi postlarimizni muhokama qilish orqali faol ishtirok etish so‘raladi.

VAQT.UZ kontentning bir qismini obuna asosida taqdim etish amaliyotini joriy etadi. Obunachilar har oy sifatli jurnalistika uchun haq to‘lash orqali tahririyat faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Tahririyat muntazam ravishda ular orasida so‘rovlar o‘tkazib, mediamahsulotni yanada yaxshilashga intiladi.

 

9. REKLAMA MARKIROVKASI, REKLAMA VA TAHRIRIYAT MUSTAQILLIGI

VAQT.UZ saytida reklama joylashtirishda O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi qonuni va OAVdagi reklama hamda homiylik materiallarini tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilinadi.

Tahririyat markirovka qilinmagan (ya’ni, alohida ajratilmagan) reklama materiallarini chop etmaydi. Agar biror material tashqi yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, u albatta maxsus belgi bilan ajratiladi va tahririy kontentdan vizual jihatdan farq qiladi.

Reklama belgilari ro‘yxati sayt futerida keltirilgan bo‘lib, u belgilar materialning reklama huquqida e’lon qilinganini anglatadi.

VAQT.UZ tahririyatida bir necha turdagi belgilangan reklama turlari mavjud:

· Ko‘k fonda — «Biznes yangiliklari», «PR», «Sheriklik loyihasi».

· Yashil fonda — «Pozitsiya» (siyosiy reklama);

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan reklamalar ham xuddi shunday belgilangan holda taqdim etiladi.

VAQT.UZ «lidogeneratsiya»dan daromad oladi — ya’ni saytdagi «Xaridlar» bo‘limida mahsulot va xizmatlarga oid sharhlar berilib, savdo platformalariga olib boradigan havolalar joylashtiriladi. Bunday materiallarda tahririyat ushbu mahsulotlar sotuvidan komissiya olishi mumkinligi haqida ochiq ogohlantiruv beradi.

Saytda yana bir reklama belgisi — «Rukn sherigi» deb yozilgan holda, saytining yuqori qismida bo‘lib, ushbu bo‘limni moliyalashtirgan kompaniya nomi ko‘rsatiladi.

Belgilar ro‘yxati mediabozordagi tendensiyalar va nativ reklama sohasidagi innovatsiyalar asosida yangilanib borishi mumkin.

«Reklama huquqida» deb belgilangan material — buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan yoki tahririyat tomonidan tayyorlangan, ammo buyurtmachi bilan kelishilgan kontent hisoblanadi. Uning mazmuni uchun buyurtmachi javobgar va bunday material jurnalistik material deb hisoblanmaydi.

Shu bilan birga, agar reklama materialining mazmunida jismoniy yoki yuridik shaxsga nisbatan da’volar bo‘lsa va tahririyat ushbu ma’lumotlarning aniqligini tekshira olmasa, ularni chop etmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Shuningdek, agar material tahririyat missiyasi va qadriyatlariga zid bo‘lsa, reklama huquqida bo‘lsa ham, rad etilishi mumkin.

Tahririyatning mustaqilligi muhim hisoblanadi — VAQT.UZ’ning tijorat bo‘limi va «INFOLAB» MCHJ rahbariyati tahririyat siyosatini belgilashga aralashmaydi.

 

10. MULKCHILIK TUZILMASI VA MOLIYAVIY OCHIQLIK

10.1. Mulkchilik

«INFOLAB» MCHJ — foyda olishni maqsad qilgan tijoriy tuzilma. Uning benefitsiar mulkdori tahririyat siyosatini belgilashga aralashmaydi va mustaqil jurnalistika muvaffaqiyatli mediabiznes hamda huquqiy davlat shakllanishi uchun zarur shart ekani haqidagi qarashni qo‘llab-quvvatlaydi.

«INFOLAB» MCHJ loyihalari — vaqt.uz sayti va boshqalar benefitsiar mulkdor tomonidan faqat moliyaviy, tijoriy va marketing ko‘rsatkichlari orqali nazorat qilinadi.

 

10.2. Moliyalashtirish

«INFOLAB» MCHJ moliyasi benefitsiar mulkdorning investitsiyalari hamda o‘z faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobiga ta’minlanadi.

Vaqt.uz sayti o‘z xarajatlarini o‘zi qoplaydigan, ya’ni o‘z-o‘zini moliyalashtiradigan loyiha hisoblanadi. Uning daromad manbalari quyidagilardan tashkil topadi:

· media-reklama (bannerlar),

· nativ reklama (sheriklik loyihalari),

· maxsus belgilangan PR-materiallar,

· o‘quvchilar obunasidan tushum (paywall),

· belgilangan lidogeneratsiya,

· tahririyatning Telegram kanali, Istagram sahifasi, YouTube kanali va Facebook platformasidagi monetizatsiya (instant maqolalar).

Vaqt.uz tahririyati o‘z missiyasi va qadriyatlariga zid bo‘lmagan mavzularni yoritish uchun grantlar tanlovlarida ishtirok etadi va grantlar oladi. Biroq, grant mablag‘lari tahririyatning biznes modelida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘la olmaydi.